Xizmat haqida
Obunachilar qayerdan keladi
SafoAds — O'zbekistondagi Telegram botlar tarmog'i. Kino, serial, multfilm va boshqa ommabop botlarga har kuni minglab odam kiradi. Botdan foydalanishdan oldin ularga homiy kanallar ko'rsatiladi — sizning kanalingiz ham shu ro'yxatga tushadi.
Odam kanalingizga obuna bo'lgach, bot egasiga haq to'lanadi, siz esa tirik, o'zbek tilidagi obunachi olasiz. Bot yoki soxta akkauntlar ishlatilmaydi.
Ommaviy va yopiq kanal
Har ikki turdagi kanal uchun ishlaydi. Har buyurtmaga alohida taklif havolasi yaratiladi.
Chiqib ketgan o'rniga yangisi
Buyurtma tugaguncha kimdir chiqib ketsa, u sanalmaydi — o'rniga yangi obunachi qo'shiladi. 1000 ta buyurtma — 1000 ta obunachi.
Manbasi ko'rinadi
Qaysi botdan nechta obunachi kelgani buyurtma ichida yozib boriladi.
Kafolat — tez kunda
Buyurtma tugagandan keyingi chiqishlar uchun 1, 3 va 7 kunlik kafolatli obunachi tayyorlanmoqda.