Botni ochish

Telegram kanalga
zayavka yig'ish

Yopiq kanal yoki guruhingizga qo'shilish so'rovlari — o'zbek auditoriyasidan. So'rovlar sizda to'planadi, kimni kiritishni o'zingiz hal qilasiz.

Zayavka buyurtma qilish 1 ta zayavka — 55 so'm · 10 tadan

Xizmat haqida

Zayavka nima va nega kerak

Zayavka — yopiq Telegram kanal yoki guruhga qo'shilish so'rovi. Odam havolani bosadi va «Qo'shilish so'rovi»ni yuboradi. So'rov kanalingizda to'planib turadi: kimni kiritishni o'zingiz hal qilasiz, biz so'rovlarni tasdiqlamaymiz.

Yopiq kanal egalari zayavkani pullik obuna, savdo yoki ommaviy qabul uchun ishlatishadi: so'rovlar yig'iladi, keyin bir vaqtda qabul qilinadi.

Qanday ishlaydi

Uch qadam

Kanalni qo'shasiz

@SafoAdsBot ni kanalingizga admin qilasiz. Taklif havolasini bot o'zi yaratadi.

Miqdorni tanlaysiz

10 tadan 25 000 tagacha. Summa balansdan yechiladi, buyurtma darhol tarmoqqa tushadi.

Zayavkalarni qabul qilasiz

So'rovlar kanalingizga tushadi — kimni kiritishni o'zingiz hal qilasiz.

Narx

1 ta zayavka — 55 so'm

MiqdorNarxi
100 ta zayavka5 500 so'm
500 ta zayavka27 500 so'm
1 000 ta zayavka55 000 so'm
5 000 ta zayavka275 000 so'm

Joriy narx botda ko'rsatiladi.

Savollar

Ko'p so'raladi

Kanalim yopiq bo'lishi shartmi?

Ha. Ommaviy kanalga odam so'rovsiz, qidiruv orqali ham kiraveradi, shuning uchun zayavka faqat yopiq kanal va guruhda ishlaydi. Ommaviy kanal uchun «Kanalga obunachi» xizmatini tanlang.

Zayavkalarni kim qabul qiladi?

Siz. Biz so'rovlarni tasdiqlamaymiz — ular kanalingizda to'planib turadi. Xohlasangiz hammasini, xohlasangiz tanlab qabul qilasiz.

Zayavkalar qayerdan keladi?

Tarmoqqa ulangan hamkor botlardan. Odam botga kiradi, unga homiy kanal ko'rsatiladi, u so'rov yuborsa bot egasiga haq to'lanadi. Botlar O'zbekistonda ishlaydi.

Natijani qanday tekshiraman?

Buyurtma ichida «Manba» qatorini bosasiz — qaysi botdan nechta zayavka kelgani foizi bilan chiqadi. Vaqt bo'yicha chizma ham bor.

Hammasi yetkazilmasa-chi?

Yetkazilmagan qism uchun pul olinmaydi. Buyurtmani bekor qilsangiz, qolgan summa balansingizga qaytariladi.

Boshqa xizmatlar

Ommaviy kanal yoki guruh uchun